Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Trampning sabri tugayapti, chunki...

Trampning sabri tugayapti, chunki...

Finlyandiya prezidentining aytishicha, Donald Trampning sabri tugayapti, chunki Putin Ukrainada sulh bo‘yicha vaqtni cho‘zmoqda.

Aleksandr Stubb bu haqda The Guardian nashriga bergan intervyusida aytdi. Stubb, shuningdek, o‘tgan dam olish kunlari AQShda Tramp bilan uchrashgani va u bilan golf o‘ynagani haqida ma’lum qildi.

Finlyandiya prezidentining taxminicha, sulhga erishish bo‘yicha belgilangan oxirgi muddat — 20 aprel hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin shu sanagacha to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga rioya qila boshlashi kerak.

Shuningdek, Stubb respublikachi senator Lindsi Grem AQSh Kongressi senatiga agar Rossiya shartsiz sulhga rozi bo‘lmasa, unga qarshi keskin sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritganini ma’lum qildi.

Avvalroq Tramp Rossiya uchun “psixologik muddat” belgilanganini va Putin sulhga rozi bo‘lishi kerakligini aytgan edi.

Kiritildi: 17:48 31.03.2025. O'qildi: 2277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!