Gvardiola Husanovning «Man Siti» safida hozirga qadar ko‘p o‘ynashini kutmaganini aytdi.
«Ammo vaziyat shunday — himoyada faqat 4 futbolchi bor. Unda o‘ziga xos qobiliyatlar bor. Garchi tilni yaxshi bilmasa ham, maydonda o‘zini ko‘rsatmoqda. U bizga ko‘p yordam berdi.
Mavsum o‘rtasida kelgan futbolchilarga oson emas. Yangi o‘yinchilar, yangi liga. Ammo Abduqodir ham, Vitor Reys ham juda yaxshi. Husanov bilan ko‘proq muloqot qilishimiz kerak. Shu orqali u tilni ham, bizni ham tezroq tushunadi», – deydi ispaniyalik mutaxassis.
Manchesterlik ustozi futbolchilar o‘z milliy terma jamoalaridan salomat qaytgani xususida ham gapirdi.
«Ba’zi futbolchilar boshqalarga qaraganda ko‘proq charchagan, lekin umumiy holat yaxshi», — deydi u.
Ma’lumot uchun, Angliya kubogi chorak finali doirasidagi «Bornmut» — «Manchester Siti» uchrashuvi 30 mart, yakshanba kuni soat 20:30 da boshlanadi.