Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi yana ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi yana ogohlantirish bilan chiqdi

Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, Isroil–Misr chegarasidagi «Begin» («Taba») chegara punkti 24 soat davomida ishlamoqda. Amaldagi hujjatlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun Sinay yarimoroliga kirishda viza talab etilmaydi.

Chegara yig‘imlarini ortiqcha kechikishlarsiz amalga oshirish maqsadida to‘lovni oldindan onlayn to‘lash tavsiya etilgan. Qolgan quruqlikdagi chegara o‘tish punktlaridan foydalanish esa xavfsizlik nuqtai nazaridan tavsiya etilmasligi bildirilgan.

Ayni paytda, Isroil–Misr chegaralaridagi o‘tish punktlari ish rejimida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi sababli safarni rejalashtirishdan oldin dolzarb ma’lumotlarni aniqlash tavsiya etilgan.

Kiritildi: Bugun 19:54. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!