Buxorolik bir fuqaro Telegram messenjirida maxsus kanal tashkil etib, unda xotin-qizlarning suratlarini joylashtirgan hamda ularning "xizmatlarini" soatbay va tunbay ko‘rinishda muayyan mablag‘ evaziga narxlab kelgan
21-yoshli yigit esa o‘zining qo‘shmachilik mehnatini esa 100 ming so‘mga baholagan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu fuqaro qo‘lga olindi.
U ayollar rasmlarini kanalga joylab, ularni pul evaziga mijozlarga taklif qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.