Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning 8 oyida (yanvar–avgust) O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida 16 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi.
Xabarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan real hisobda 15,7 foizga oshgan.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 31,1 foizi shifoxona muassasalari xizmatlari, 13,9 foizi shifokorlik amaliyoti va stomatologiya xizmatlari hamda 55,0 foizi boshqa sog‘liqni saqlash xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Uch hudud — poytaxt, Toshkent va Samarqand viloyatlarida xizmatlar hajmi trillionlik ko‘rsatkichdan yuqori bo‘ldi. Jami tibbiy xizmatlar hajmida Toshkent shahrining ulushi ancha salmoqli — 7,4 trln so‘m yoki umumiy ko‘rsatkichning 46 foizi.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi: