Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Marko Rubioning rafiqasi bilan Samarqandni ziyorat qildi

Saida Mirziyoyeva Marko Rubioning rafiqasi bilan Samarqandni ziyorat qildi

Prezident administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibining rafiqasi Janett Rubio bilan birgalikda Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi.

«Qadrli mehmonimizni bu ko‘hna va betakror shaharning boy tarixi, umrboqiy an’analari, shuningdek, mohir ustalarning san’ati bilan tanishtirish niyatida unga hamrohlik qildim.

Janett xonim qalbida O‘zbekiston va mehmondo‘st xalqimiz haqida unutilmas taassurotlar qoldi deb umid qilaman», deya ma’lum qildi Mirziyoyeva.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqanddagi mashhur Registon maydonida bo‘lgandilar.

Kiritildi: 18:14 19.10.2026. O'qildi: 1441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!