Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonliklar 6 oyda ta’lim xizmatlariga 23 trln so‘mdan ziyod mablag‘ sarflagan

O‘zbekistonliklar 6 oyda ta’lim xizmatlariga 23 trln so‘mdan ziyod mablag‘ sarflagan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 23,8 trln so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 22,7 foizga oshgan.

Ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar eng yuqori ulushga ega bo‘lib, jami ta’lim xizmatlarining 42,4 foizini tashkil etdi.

🇺🇿 Hududlar kesimida ta’lim xizmatlari hajmi:

Toshkent shahri — 12,7 trln so‘m;

Samarqand viloyati — 1,5 trln so‘m;

Farg‘ona viloyati — 1,5 trln so‘m;

Andijon viloyati — 1,2 trln so‘m;

Toshkent viloyati — 1,1 trln so‘m;

Namangan viloyati — 1,1 trln so‘m;

Buxoro viloyati — 1 trln so‘m;

Qashqadaryo viloyati — 877,7 mlrd so‘m;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 691,3 mlrd so‘m;

Xorazm viloyati — 602,5 mlrd so‘m;

Surxondaryo viloyati — 577,8 mlrd so‘m;

Navoiy viloyati — 373,6 mlrd so‘m;

Jizzax viloyati — 323,9 mlrd so‘m;

Sirdaryo viloyati — 243,6 mlrd so‘m.

Kiritildi: 21:46 11.08.2026. O'qildi: 938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!