Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonlik UFC'chi faoliyatida ilk bor durang qayd etdi

O‘zbekistonlik UFC'chi faoliyatida ilk bor durang qayd etdi

Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan UFC 323 musobaqasida o‘zbekistonlik Bogdan Guskov va polshalik Yan Blaxovich o‘rtasidagi jang durang bilan yakunlandi.

Yarim og‘ir vazn toifasidagi jang uch raund davom etdi. Hakamlardan biri polyakka 29:28 hisobida ustunlik berdi, qolgan ikkitasi esa 28:28 hisobini qayd etdi.

33 yoshli Guskov professional MMAda 18 ta g‘alaba va uchta mag‘lubiyat bilan faoliyatidagi ilk durangni qayd etdi. 42 yoshli Blaxovich 29 ta g‘alaba, 11 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Yana ikki jang durang bilan yakunlangan.

Kiritildi: 12:08 07.12.2025. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!