Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonlik tadbirkor O‘tkir Yusupovga Toshkent shahridan 3 xonali uy va’da qildi (video)

O‘zbekistonlik tadbirkor O‘tkir Yusupovga Toshkent shahridan 3 xonali uy va’da qildi (video)

JCH-2026 saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan BAA - O‘zbekiston uchrashuvi yakunlangach, o‘zbekistonlik tadbirkor Xurshid To‘rayev terma jamoamiz posboni O‘tkir Yusupovga Toshkent shahridan uy berishini aytib o‘tdi.

Tadbirkor BAAga qarshi o‘yinni Abu-Dabi shahridagi stadionda bevosita tomosha qildi va o‘yindan keyinoq ushbu va’dani berdi.

"O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboniga TXT kompaniyasi nomida Toshkent shahri markazida 3 xonali uy chin ko‘ngildan beraman. Ta’mirdan chiqarilgan, mebel va texnika bilan ta’minlangan uyni xohlagan vaqtda borib olishlari mumkin", — dedi Xurshid To‘rayev.

Kiritildi: 11:55 06.06.2025. O'qildi: 1661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!