Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonlik jangchi UFC bilan shartnomasini yangiladi

O‘zbekistonlik jangchi UFC bilan shartnomasini yangiladi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov tashkilot bilan yangilangan shartnoma imzoladi.

Bu haqda sportchining murabbiyi Jasur Alijonov Instagram'dagi sahifasi orqali xabar berdi.

Alijonovning ma’lum qilishicha, Ramazon Temirov UFC bilan yana 4 ta jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Ma’lumot uchun, ayni damda o‘ta yengil vazn toifasida UFC reytingida 13-o‘rinni egallab turgan Ramazon mazkur promoushenda hozirgacha 2 ta jang o‘tkazib, har ikkisida g‘alaba qozongan. U 27 iyul kuni Abu-Dabida qozog‘istonlik Asu Almabayev bilan bahs olib boradi.

O‘zbekistonlik jangchi UFC bilan shartnomasini yangiladi

Kiritildi: 18:28 31.05.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!