Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonlik haydovchilar va texniklar Yaponiyaga ishga yuboriladi

O‘zbekistonlik haydovchilar va texniklar Yaponiyaga ishga yuboriladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi, “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi hamda Yaponiyaning “Onodera User Run” va “Willer Group” kompaniyalari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandumning maqsadi O‘zbekistonda haydovchilik va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish sohalarida professional ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlash hamda ularni Yaponiyaga vaqtincha ishlash uchun yuborish bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik qilishdan iborat.

Hamkorlik shartlariga ko‘ra, “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv muassasalarida Yaponiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar yengil, tirkamali va yo‘lovchi tashuvchi avtotransport vositalari haydovchisi, kara yuk ortuchi transport boshqaruvchisi hamda avtoslesar mutaxassisliklariga tayyorlanadi. Migrasiya agentligi, o‘z navbatida, tayyorlangan kadrlarning kunchiqar mamlakatga yuborilishini ta’minlaydi.

Yaponiya tomoni loyihasiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida haydovchilarni tayyorlash va tilga o‘qitishga ixtisoslashgan o‘quv markazi hamda avtodromi tashkil etiladi. Mazkur markazda dastlabki bosqichda 100 nafar, keyingi yillar davomida 1000 nafargacha fuqarolar o‘qitilib, ushbu mamlakatga ishga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning sentyabr oyida “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi va Migrasiya agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, ushbu memorandumning asosiy maqsadi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan mamlakatimiz fuqarolarini shartnoma asosida xorijiy mehnat bozorida talab etilgan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish hisoblanadi. Shuningdek, ushbu hujjatda o‘qish davomida fuqarolarda vatanparvarlik tuyg‘usini keng targ‘ib etish va ularda vatan tuyg‘usi sifatlarini rivojlantirish belgilab qo‘yilgan.

Kiritildi: Bugun 18:03. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!