Edmonto shahrida bo‘lib o‘tgan Kanada va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini yakuniga yetdi.
Birinchi bo‘limda jamoamiz golga tortadigan 2 ta vaziyatni yuzaga keltirdi. Ammo Eldor Shomurodov qulay vaziyatlarni golga aylantira olmadi: hujumchimiz dastlab aniq zarba bera olmagan bo‘lsa, ikkinchi vaziyatda darvozabon yaxshi harakat qildi.
Mezbonlar ustozi ikkinchi bo‘limda bir qatorda o‘zgarishlarga qo‘l urdi va jamoa to‘pni yaxshiroq nazorat qila boshladi. Kanada sa’y-harakatlari o‘z samarasini berdi. 58-daqiqada Jonaton Osario jarima maydonimizga kirib, zarba berdi. Abduvohid Ne’matov unchalik kuchli bo‘lmagan zarbani qaytara olmadi.
90+1-daqiqada Kanada ikkinchi golni urdi. Sherzod Esanov maydon markazida to‘pni yo‘qotdi. Nelson jamoamizni jazoladi.
O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 8 iyun kuni Niderlandiyaga qarshi o‘tkazadi.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini.
KANADA - O‘ZBEKISTON - 2:0
Gollar: Jonaton Osario (58), Nelson (90+1)