2027 yil 7 yanvardan 5 fevralga qadar Saudiya Arabistonining Ar-Riyod, Jidda va Al-Xobar shaharlarida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik hakamlar va mutaxassislar ham faoliyat olib boradi.
Jumladan, Ilgiz Tantashev va Asker Najafaliyev bosh hakam, Timur Gaynullin, Andrey Sapenko va Baxtiyorxo‘ja Shavkatov yordamchi hakam, Firdavs Norsafarov esa VAR hakami sifatida turnir uchrashuvlarida xizmat qiladi.
Shuningdek, Valentin Kovalenko Osiyo kubogida hakamlar nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradi.