Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Netanyaxu BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zladi

A A A
Netanyaxu BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zladi

"Boshlashdan oldin, qisqacha ogohlantirish: agar bu xonada hali ketmagan boshqa axloqiy qo‘rqoqlar qolgan bo‘lsa, iltimos, hoziroq chiqib ketinglar!" - deb boshladi bosh vazir.

Uning nutqi davomida ko‘plab delegasiyalar majlislar zalini tark etishdi, ba’zilari esa unga qarsaklar chalishdi.

”14 yil oldin men shu minbarida turib, Eronning qotil rejimiga atom bombasini yaratishga yo‘l qo‘ymaslikka qasam ichgandim. Bu yadro qurollari Isroilni yo‘q qilishga qaratilgan va butun dunyoga tahdid solishi mumkin edi. Biz aynan shuni amalga oshirdik. Bu juda qiyin bo‘ldi”, deb nutqini boshladi Isroil bosh vaziri.

Netanyaxu Golan tepaliklari Suriyaga emas Isroilga tegishli ekanini aytdi.

”Janob ash-Shara’a, bilib qo‘ying, yahudiylar Muso payg‘ambar davridan beri Golan tepaliklarida yashab keladi. Buni Injildan ham o‘qib olishingiz mumkin”, deya Suriya prezidentiga murojaat qildi u.

Kiritildi: 23:55 24.09.2026. O'qildi: 445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!