Eron ustidan qozonilgan g‘alaba O‘zbekiston milliy terma jamoasiga FIFAning live-reytingida ham foyda keltirdi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa Farg‘onadagi o‘rtoqlik bahsida Eronni 3:1 hisobida mag‘lub etgach, o‘z hisobiga 6,83 reyting ochkosini qo‘shib oldi.
Natijada O‘zbekistonning umumiy ko‘rsatkichi 1416,56 ochkoga yetdi va terma jamoa jahon reytingida 59-pog‘onaga ko‘tarildi.
Shu tariqa, "oq bo‘rilar" 1411,06 ochkoga ega Qatarni ortda qoldirdi. Qatar terma jamoasi esa 60-o‘ringa tushdi.
O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionatidagi debyut ishtirokidan keyin reytingda 60-pog‘onaga tushib, kuchli 50 talikdan tashqarida qolgan edi. Eronga qarshi g‘alaba esa jamoaga yana bir qadam yuqorilash imkonini berdi.
Kannavaro shogirdlarini oldinda yana ikki nazorat uchrashuvi kutib turibdi. O‘zbekiston 1 oktyabr kuni Toshkentda Suriyani qabul qiladi, 6 oktyabr kuni esa Janubiy Koreya mehmoni bo‘ladi.
Ushbu bahslar milliy jamoaning Osiyo kubogi oldidan tayyorgarlik jarayonidagi navbatdagi muhim sinovlardan biri bo‘ladi.