FXX Moskva viloyatida Zelenskiy surati tushirilgan 312 kgga yaqin kokainni musodara qildi.
Idora ma’lum qilishicha, 25 yoshli Rossiya fuqarosi narkotiklarni tashish vaqtida jinoyat ustida qo‘lga tushgan.
Maxsus xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, u Lotin Amerikasidan Yevropa Ittifoqi davlatlariga kokain yetkazib bergan jinoiy guruh a’zosi bo‘lgan. Narkotiklarni darknet orqali kontaktsiz sotish rejalashtirilgan.