Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Rossiyaning Ukraina bo‘yicha pozisiyasiga to‘xtaldi.
▪️Tramp 2025 yil avgustda Ankorijda Rossiya tomoni bilan uchrashuvda uzoq muddatli tinchlik bo‘yicha pozisiyasini bildirgan edi. Biz ham aynan shunday barqaror va adolatli tinchlikka tayyormiz.
▪️Agar 2015 yilgi Minsk kelishuvlari bajarilganida, Ukraina hozir Qrimdan tashqari 1991 yilgi chegaralarida qolgan bo‘lar edi.
▪️Biz muzokaralar davrida maxsus harbiy operasiyani to‘xtatmaymiz, chunki Kiyev sulhdan qurol-yarog‘ zaxiralarini to‘ldirish uchun foydalanishi mumkin.
◾️ Butun Ukraina hududida rus tilidan erkin foydalanish imkoniyati yaratilishi ziddiyatga barham berishning shartlaridan biridir.