Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiy rossiyalik propagandachiga Moskvaga raketada borishini aytdi

Zelenskiy rossiyalik propagandachiga Moskvaga raketada borishini aytdi

Rossiyalik propagandachi, VGTRK muxbiri Valentin Bogdanov Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tayotgan BMT Bosh assambleyasi doirasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiydan qachon Moskvaga tashrif buyurishi haqida so‘radi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, rossiyalik propagandachi Zelenskiy ko‘chada boshqa jurnalistlar bilan ingliz tilida gaplashib ketayotganida uning ortidan yetib borgan. Bogdanov Zelenskiyga rus tilida bir necha marta “Vladimir Aleksandrovich, Moskvaga qachon?”, deb baqirgan.

Ukraina prezidenti avvaliga uning savolini e’tiborsiz qoldirgan, ammo yakunda qisqacha qilib “Raketada”, degan va qo‘shimchasiga so‘kinib ham qo‘ygan.

Kremldagilar Rossiya va Ukraina prezidentlari o‘rtasidagi uchrashuvni faqat Moskvada o‘tkazish mumkinligini aytib kelishadi.

Kiritildi: 20:35 24.09.2026. O'qildi: 737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!