Bu haqida “Ezgulik” jamiyati raisi Tashanov ma’lum qildi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi Taftish.uz tahririyati xodimlari va DXX zobitlariga nisbatan 4,1 yildan 10,6 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm o‘qidi. Tahririyat rahbari G‘ayrat Aberayev 10,6 yilga, jurnalist Marjona Eshquvvatova 4,1 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Shuningdek, tahririyatning yana ikki nafar vakili hamda sobiq DXX xodimlari 10 yildan ortiq muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan. Ular tuhmat, haqorat, firibgarlik, tovlamachilik singari ayblovlar bilan asblangan. Yopiq sud majlisi hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar jazo muddatlarini umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘taydi.