"Janob Mamdani, siz bu shahar meri etib saylanganingizdan beri ko‘plab yahudiylar endi Nyu-Yorkda o‘zlarini xavfsiz his qilishmayapti. Ular menga: "Bu biz eslagan shahar emas. U juda tez o‘zgardi", deyishadi. Xo‘sh, buning ajablanarli joyi yo‘q.
Siz Hamasni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblangan jinoyatchilarni maqtaysiz. Do‘stlaringiz orasida Amerika 11-sentyabrga loyiq deb aytgan Hasan Piker kabi odamlarni ham sanaysiz. Siz Hamas jangarilarining isroillik garovga olinganlarni kaltaklayotganini va qiynoqqa solayotganini suratga olgan va keyinchalik terrorchilarni himoya qilish uchun videolarni nashr etishdan bosh tortganini tan olgan falastinlik jurnalistni uyingizga taklif qildingiz.
Xotiningizga 7-oktyabr qirg‘inini maqtagan post yoqdi. Unga Tel-Aviv mavjud bo‘lmasligi kerakligi aytilgan yana bir post ham yoqdi. Siz bu bayonotlarni qoralashdan bosh tortasiz.
Janob Mamdaniy, siz mening bu yerga kelishimga to‘sqinlik qilishga harakat qildingiz. Siz meni jim qilishga harakat qildingizmi? Xo‘sh, siz meni jim qila olmaysiz. Siz haqiqatni jim qila olmaysiz."
Netanyaxu deyarli bo‘sh zalda nutq qilmoqda. Isroil OAV hisob-kitobiga ko‘ra, uning nutqi vaqtida 77 davlat delegasiyasi zalda bo‘lmagan. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor.