FIFA va OFK tomonidan Qatarda tashkil etilgan maxsus VAR seminarida o‘zbekistonlik hakamlar ham ishtirok etmoqda. Mazkur seminar Jahon chempionatlari uchun nomzod VAR hakamlarini saralash va tayyorlash bosqichi hisoblanadi.
Firdavs Nor Safarov — 2026 yil AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan erkaklar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionati uchun VAR hakami sifatida nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. U Doha shahrida o‘tayotgan seminar doirasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Edita Mirabidova — 2027 yil Braziliyada bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi VAR Jahon chempionati uchun VAR hakami sifatida nomzod sifatida ko‘rsatildi. U ham xalqaro mutaxassislar boshchiligida tashkil etilgan seminarda video yordamchi hakamlik bo‘yicha tayyorgarlik jarayonidan o‘tmoqda.
Mazkur seminar FIFA tomonidan Jahon chempionatlari darajasida ishlaydigan VAR hakamlarni shakllantirish yo‘lidagi muhim bosqich hisoblanadi.