"Lokomotiv" futbol klubi shifokori Abror Pirriyev "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappening kasal bo‘lib shifoxonaga tushishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Mbappeni vahima bilan kasalxonaga yotqizishdi. Keyingi kun javob berishdi...
Hammasi kunday ravshan. Kun tartibiga rioya qilmagan Kilian o‘yindan keyin (xursandchilik yoki alamdan) bayram qilgan. “Aralash-quralash”dan keyin “otravleniYE” bo‘lib, ichi ketgan. Turfa savollarga o‘rin qoldirmaslik uchun “gastroenterit” degan “chiroyli” tashxis ila shifoxonaga yotqizilgan...
Shunday bo‘lmaganida avvalo butun jamoadan bo‘lak faqat Mbappeda gastroenterit bo‘lmasdi. Bo‘lgan taqdirda ham “Futbolchi barcha analiz va tekshiruvlardan o‘tadi” degan ko‘lamli reja bir tundayoq yakuniga yetmasdi...
Xullas, bu “erkatoy” Mbappe turli injiqlik va xarakterga egaligi uning turqidan bilinib turadi. Bu albatta mening shifokorona fikrim", — deya yozdi Abror Pirriyev o‘zining telegramdagi kanaliga.