Bugun 18 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonlik bokschi qizlar JCH-2025 da qancha mukofot puli ishladi?

O‘zbekistonlik bokschi qizlar JCH-2025 da qancha mukofot puli ishladi?

Serbiyaning Nish shahrida bo‘lib o‘tgan ayollar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionati-2025 yakunlandi. Turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta medal qo‘lga kiritdi: 1 ta kumush va 3 ta bronza.

Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) medal sohiblari uchun quyidagi mukofot mablag‘larini belgilagan:

- Oltin medal — 100 000 dollar
- Kumush medal — 50 000 dollar
- Bronza medal — 25 000 dollar
- chorak final ishtirokchilari — 10 000 dollar

O‘zbekiston terma jamoasi medallari asosida 165 000 dollar mukofot puli ishlab topdi.

O‘zbekiston sovrindorlar:

Kumush medal (50 000 dollar)
-66 kg: Navbahor Hamidova

Bronza medal (25 000 dollar):
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova

Chorak finalchilar (10 000 dollar)
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-60 kg: Sitora Turdibekova
-75 kg: Aziza Zokirova
-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova

Kiritildi: 11:39 17.03.2025. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!