O‘zbekistonda fuqarolarning bank hisobvarag‘i ochishda shaxsini tasdiqlash imkoniyatlari kengaytirildi. Endilikda buning uchun xorijga chiqish biometrik pasportidan ham foydalanish mumkin.
Mazkur yangilik Markaziy bank boshqaruvi tomonidan bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlarda nazarda tutilgan.
Yangi tartibga ko‘ra, banklar hisobvaraq ochish jarayonida haydovchilik guvohnomasi bilan bir qatorda xorijga chiqish biometrik pasportini ham shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilishi mumkin.
Shu tariqa, bank hisobvarag‘i ochmoqchi bo‘lgan shaxslar uchun hujjat tanlash imkoniyati yanada kengaydi.