Bu haqda aholi muhokamasiga qo‘yilgan Transport sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasida nazarda tutilgan.
Taklifga ko‘ra, 2028 yildan ayrim yo‘nalishlarda poyezd, samolyot va avtobus uchun yagona chipta — "Bir yo‘l" platformasini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, strategiya loyihasida quyidagi rejalar ham bor:
▪️2027 yil oxirigacha tezyurar poyezdlar qatnovini Andijondan Samarqandgacha uzaytirish;
▪️Toshkentdagi ikki temir yo‘l vokzali, xalqaro aeroport va markaziy avtovokzalni yagona transport bog‘lamasiga birlashtirish;
▪️2028 yilda Farg‘ona vodiysidagi halqa yo‘nalishida elektropoyezdlar qatnovini ikki barobar oshirish;
▪️Vokzallar va xalqaro aeroportlarda bepul Wi-Fi hamda bagaj saqlash xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
▪️58 ta avtovokzal va avtostansiyani qurish yoki rekonstruksiya qilish.