Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Braziliyadagi saylovda mag‘lub bo‘lgan Flaviu Bolsonaru AQShga qochib ketdi

Braziliyadagi saylovda mag‘lub bo‘lgan Flaviu Bolsonaru AQShga qochib ketdi

Braziliyada o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silvaga mag‘lub bo‘lgan senator Flaviu Bolsonaru Oliy sud tomonidan mamlakatni tark etish taqiqlanganiga va pasportlarini topshirish topshirig‘iga qaramay, AQShga jo‘nab ketdi.

Braziliya Oliy sudi Bolsonaruga hujjatlarini 24 soat ichida topshirishni buyurgan edi. Senator ushbu talabni bajarmaganidan so‘ng uning Braziliya pasportlari haqiqiy emas deb topildi. Xabarlarga ko‘ra, u Italiya pasportidan foydalanib, mamlakatdan chiqib ketgan bo‘lishi mumkin.

Hozirda Bolsonaruga nisbatan pul yuvish, moliyaviy firibgarlik va onlayn sport tiklari bo‘yicha noqonuniy sxemalarga aloqadorlik gumoni bilan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovchilar uning advokat Uiller Tomas va uning Alcazar Holdings kompaniyasiga tegishli bank hisobvaraqlari bilan bog‘liq moliyaviy aloqalarini o‘rganmoqda. Bolsonaru barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Saylovdagi mag‘lubiyatdan so‘ng siyosatchi Braziliyadan ketmasligini va Kongressda muxolifatga rahbarlik qilishini bildirgan edi. Ammo uning mamlakatdan yashirincha chiqib ketishi sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yangi huquqiy choralar ko‘rilishiga olib kelishi mumkin.

Uning otasi, sobiq prezident Jair Bolsonaru ham 2022 yilgi saylovda mag‘lub bo‘lgach, AQShga chiqib ketgan edi. Keyinchalik u Braziliyaga qaytgan va davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha aybdor deb topilib, 27 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Kiritildi: 16:33 28.10.2026. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!