Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026 yil yanvar–iyul oylarida mamlakatga 29 ta davlatdan 65 876 ta yengil avtomobil olib kirilgan.
Shundan 46 749 tasi elektromobil, 10 987 tasi benzinli, 8 077 tasi esa gibrid avtomobillar.
Avtomobillarning asosiy qismi Xitoydan — 63 039 ta olib kirilgan. Keyingi o‘rinlarda AQSh va Janubiy Koreya turibdi.