O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘ish nafaqasini hisoblashda sug‘urta stajiga qarab yangi koeffisiyentlar qo‘llaniladi:
sug‘urta staji 10–24 oy bo‘lsa — o‘rtacha ish haqining 75 foizi;
25–60 oy bo‘lsa — 85 foizi;
61 oy va undan ortiq bo‘lsa — 100 foizi.
Mas’ul idora ma’lum qilishicha, ushbu tartib Mehnat kodeksiga zid emas. Chunki nafaqaning eng kam miqdori o‘rtacha ish haqining kamida 75 foizi etib belgilangan.