Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda havo harorati yana ko‘tariladi: Respublika bo‘yicha harorat me’yordan 2-3 darajaga yuqori bo‘ladi

O‘zbekistonda havo harorati yana ko‘tariladi: Respublika bo‘yicha harorat me’yordan 2-3 darajaga yuqori bo‘ladi

Iyul oyining so‘nggi haftasida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yana kuchli issiq ob-havo sharoiti bo‘lishi kutilmoqda. Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, bu davrda havo harorati kunduz kunlari 37–40 daraja atrofida, mamlakatning shimoliy, janubiy hamda cho‘l hududlarida esa 41–42 darajagacha yetadi. Bu ko‘rsatkich iyul oyining oxirgi o‘rtacha iqlimiy me’yorlaridan 2–3 darajaga yuqori hisoblanadi.

Hafta davomida respublika hududida asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turibdi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Biroq shimol, janub va cho‘l hududlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin.

Poytaxtimiz Toshkent shahrida ham havo asosan kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmayapti. Kunduz kunlari harorat 38–39 daraja issiqni tashkil etsa, kechasi ko‘rsatkichlar 23–25 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.

Kiritildi: 14:52 27.07.2026. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!