"Pul yo‘q» degan gap qariyb bir yil davom etdi.
Furqat tumanidagi "Sh.F" fermer xo‘jaligining 200 million so‘mdan ortiq soliq qarzi yuzasidan 2025–2026 yillarda Majburiy ijro byurosi Furqat tuman bo‘limiga jami 16 ta ijro hujjati kelib tushdi. Ammo qarz uzoq vaqt davomida qoplanmadi.
Davlat ijrochilari qarzdorga tegishli bo‘lgan Volkswagen avtomashinasini xatlashi bilan esa voqealar rivoji butunlay o‘zgardi.
Qariyb bir yil davomida topilmagan 200 million so‘mdan ortiq mablag‘... bir zumda topildi. Soliq qarzi to‘liq qoplandi.
Xulosa bitta: ayrim qarzlar na eslatma, na ogohlantirish bilan to‘lanadi. Ammo MIB xatlovi boshlanishi bilan "pul yo‘q" degan gap ham, pulning o‘zi ham darrov topiladi.