Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya va KXDR chegaradagi ilk avtomobil ko‘prigi qurilishini yakunlamoqda

Rossiya va KXDR chegaradagi ilk avtomobil ko‘prigi qurilishini yakunlamoqda

Rossiya va Shimoliy Koreya umumiy chegara orqali o‘tadigan ilk avtomobil ko‘prigi qurilishini yakunlash arafasida. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi. Inshoot foydalanishga topshirilgach, ikki davlat o‘rtasida ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Tumannaya daryosi ustidagi ko‘prik Rossiyaning Xasan aholi punktini Shimoliy Koreyaning Tumangan shahri bilan bog‘laydi. Uning uzunligi 830 metr bo‘lib, amaldagi «Do‘stlik» temiryo‘l ko‘prigidan daryo oqimi bo‘ylab taxminan 415 metr pastroqda joylashgan.

Nashrning qayd etishicha, qurilish ishlari 2025 yil bahorida boshlangan. Shimoliy Koreya loyihaning o‘z qismi, jumladan bojxona va karantin infratuzilmasini allaqachon yakunlagan. Biroq Rossiya tomoni ishlar jadvalidan ortda qolayotgani sababli ko‘prikning ochilish sanasi hozircha belgilanmagan.

The Guardian baholashicha, Ukrainada mazkur avtomobil qatnovining yo‘lga qo‘yilishi Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy hamkorlik imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishi mumkinligi yuzasidan xavotirlar bildirilmoqda.

Kiritildi: 22:11 28.07.2026. O'qildi: 1177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!