Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bo‘kada bedarak yo‘qolgan erkak o‘lik holda topildi

Bo‘kada bedarak yo‘qolgan erkak o‘lik holda topildi

Hozirda marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan erkakning jasadi topildi.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 1967 yilda tug‘ilgan erkakning jasadi aniqlangan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha har tomonlama, to‘liq va xolis tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli prosessual qaror qabul qilinishi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 16:59 28.07.2026. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!