Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi yanada yaxshilanadi

Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi yanada yaxshilanadi


“Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–140-son, 24.07.2026 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 sentyabrdan “O‘zsuvta’minot” AJ (Jamiyat)ga foydalanish uchun topshiriladigan barcha ichimlik suvi va oqova suv infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari “Dasturlarning amalga oshirilishini monitoring qilish va manzilli ro‘yxatlarni kelishishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi” elektron platformasida aks ettiriladi.

Jamiyat va uning tizim korxonalari o‘rtasida shartnomaviy munosabatlarni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida tor doiradagi malaka oshirish, o‘qitish va ekspluatasiyaga oid shartnomaviy munosabatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladi.

Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv sohasidagi yangi loyihalarga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XMI/XHMT) qarz va grant mablag‘lari oldindan xarid, retroaktiv va shu kabi boshqa moliyalashtirish usulini tanlagan holda jalb qilinadi.

💻 2027 yil 1 yanvardan:

🔹 markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash iqtisodiy jihatdan samarasiz yoki o‘zini oqlamaydigan hududlarda xizmat ko‘rsatish alohida yondashuv asosida (maxsus texnikalarda suv yetkazib berish, shoxobchalarni tashkil etish va shu kabilar) amalga oshiriladi.

🔹 tarif siyosatini takomillashtirish maqsadida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari tariflarini tasdiqlash vakolati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladi.

Kiritildi: 22:01 28.07.2026. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!