Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp Eron bilan mojaroni keskinlashtirishdan qaytdi(mi)?

Tramp Eron bilan mojaroni keskinlashtirishdan qaytdi(mi)?

Trampni Eron bilan mojaroni keskinlashtirishdan qaytarishdi.

CNN ma’lumotiga ko‘ra, AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens va mamlakatning yuqori harbiy rahbariyati prezidentni Yaqin Sharqdagi mojaroni kengaytirmaslikka chaqirgan.

AQSh ma’muriyati va harbiy qo‘mondonligining yuqori lavozimli vakillari prezident Donald Trampni Eron bilan urushni keng ko‘lamli tus oldirmaslikka chaqirdi. Bu haqda CNN Oq uyda o‘tgan yopiq yig‘ilishdan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Den Keyn Trampni o‘q-dorilar zaxirasi qisqarayotgani hamda keng ko‘lamli jangovar harakatlar qayta boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Vise-prezident Jey Di Vens ham harbiylar pozisiyasini qo‘llab-quvvatlab, mojaroni yanada kuchaytirishga qarshi chiqqan.

Axios nashrining yozishicha, AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) qo‘mondoni general Bred Kuper ham Eronga qarshi zarbalarni vaqtincha to‘xtatishni tavsiya qilgan. Uning baholashicha, rejalashtirilgan nishonlarning asosiy qismi allaqachon yo‘q qilingan va operasiyani davom ettirish to‘liq masshtabli urushga o‘tmasdan turib strategik natija bermaydi.

Harbiylar, shuningdek, yangi zarbalar tinch aholi orasida qurbonlar soni ortishiga, ommaviy qochqinlar oqimi yuzaga kelishiga va Eronning Fors ko‘rfazi davlatlari energetika infratuzilmasiga javob hujumlarini uyushtirishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Tramp esa AQSh qurol-yarog‘ zaxiralari kamayib borayotgani haqidagi xavotirlarni rad etdi. U avvalroq The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida AQShda «dunyodagi har qanday davlatdan ko‘ra ko‘proq o‘q-dori zaxirasi» mavjudligini ta’kidlagan.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uoltsning so‘zlariga ko‘ra, Vashington hozircha Tehron bilan diplomatik muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini saqlab qolmoqda.

Kiritildi: 21:12 28.07.2026. O'qildi: 418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!