O‘zbekistonda fandomatlar orqali qayta ishlashga yaroqli idishlarni yig‘ish bo‘yicha bir oylik natijalar e’lon qilindi. Ushbu qurilmalarga jami 16 581 ta idish topshirilgan.
Chiqindilarni boshqarish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, qabul qilingan idishlarning asosiy qismini plastik mahsulotlar tashkil etgan.
Xususan, bir oy davomida 14 899 ta plastik, 1 289 ta alyuminiy va 393 ta shisha idish yig‘ilgan.
Topshirilgan idishlar evaziga fandomatlardan foydalangan fuqarolarga jami 2,4 million so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berilgan.
Fandomatlar bo‘sh idishlarni qabul qilib, ularni qayta ishlashga yo‘naltirish va buning evaziga aholini moddiy rag‘batlantirish imkonini beradi.