O‘zbekiston avtomobil sanoatida ishlab chiqarish hajmi o‘sishda davom etmoqda. 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida mamlakat korxonalarida jami 356 318 ta yengil avtomobil tayyorlangan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,9 ming donaga yoki 9,2 foizga ko‘p.
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Cobalt yetakchilik qilmoqda. To‘qqiz oyda ushbu modeldan 120 672 dona ishlab chiqarilgan. Keyingi o‘rinlarda Damas (63 401 dona), Tracker (34 080 dona) va Onix (27 247 dona) joylashgan.
Avtomobillar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari:
Cobalt — 120 672 dona;
Damas — 63 401 dona;
Tracker — 34 080 dona;
Onix — 27 247 dona;
BYD — 26 706 dona;
KIA — 24 801 dona;
Chery — 7 221 dona;
Haval — 6 953 dona;
Chevrolet Damas Move — 2 137 dona;
TANK 500 — 2 dona;
Maxsus yengil avtomobillar — 43 098 dona.
Shunday qilib, mamlakatda ishlab chiqarilgan har uchta yengil avtomobildan taxminan bittasi Cobalt modeli hissasiga to‘g‘ri kelgan.