Yangi tartibga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq faol moddadan tashkil topgan dorilar ham reseptsiz sotiladigan vositalar qatoriga kiritilishi mumkin.
Bunda dorining tibbiyot xodimi nazoratisiz xavfsiz qo‘llanishi, noto‘g‘ri foydalanish, dozani oshirish va qaramlik xavfi pastligi baholanadi. Shuningdek, yo‘riqnomaning tushunarliligi va dori xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar ham inobatga olinadi.
Dorilarni reseptli toifadan reseptsiz toifaga o‘tkazish rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari bartaraf etilsa yoki yangi xavfsizlik ma’lumotlari paydo bo‘lsa, ariza beruvchi uch yil kutmasdan qayta murojaat qilishi mumkin.
Vakolatli organ esa yangi ilmiy ma’lumotlar va xavfsizlik monitoringi natijalari asosida dorining toifasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Yangi tartib 2026 yil 12 noyabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.