Bugun 30 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar xokkey chempionati boshlandi

O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar xokkey chempionati boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha bolalar va o‘smirlar xokkey chempionati start oldi. Turnir 14U yosh toifasidagi jamoalar o‘yinlari bilan 26-sentyabr kuni Humo Arena muz maydonida boshlandi.

Dastlabki uchrashuvda Olmaotaning «Raximjan» va Toshkentning «Binkor» jamoalari to‘qnash keldi. Asosiy vaqt 2:2 hisobi bilan yakunlandi. «Raximjan» safida Yanis Kosofidi va Dmitriy Suxov, «Binkor» safida esa To‘raxonov A’zamxon hamda Matvey Ilyasov g‘ollar muallifi bo‘lishdi. Qo‘shimcha vaqtda hal qiluvchi golni yana Matvey Ilyasov kiritib, dublikatga erishdi. Shu tariqa «Binkor» 3:2 hisobi bilan g‘alaba qozondi.

Kunning ikkinchi bahsida Olmaotaning «Alma-Ata» jamoasi Toshkentning «Humo Sky» jamoasini 7:1 hisobi bilan mag‘lub etdi. «Qanotlilar» safidagi yagona gol muallifi Yegor Voronin bo‘ldi.

Chempionatning qolgan o‘yinlari ham shunchalik qiziqarli va tomoshabop bo‘lishi kutilmoqda. Musobaqa taqvimi va boshqa yangiliklar O‘zbekiston xokkey federasiyasining rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib boriladi.

Kiritildi: 11:34 27.09.2025. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!