Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda besh va undan ortiq farzandli ayollar ulushi kamaygan

O‘zbekistonda besh va undan ortiq farzandli ayollar ulushi kamaygan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1989 yilda farzand ko‘rgan ayollarning 35,7 foizi besh va undan ortiq farzandli bo‘lgan. 2026 yilgi ro‘yxatga olishda esa bu ko‘rsatkich 8,8 foizni tashkil etgan.

Aksincha, uch nafar farzand ko‘rgan ayollar ulushi 15,2 foizdan 31,1 foizga, ikki nafar farzandli ayollar ulushi esa 21,2 foizdan 27,5 foizga oshgan.

2026 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, 15 yosh va undan katta farzand ko‘rgan ayollarning 3 million 269,1 ming nafari uch farzandli, 2 million 893,8 ming nafari ikki farzandli va 1 million 745,6 ming nafari bir farzandli bo‘lgan.

Shunday qilib, farzand ko‘rgan ayollar orasida eng katta ulushni uch nafar farzandlilar tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ma’lumotlar muayyan yildagi tug‘ilishlar sonini emas, ro‘yxatga olish vaqtigacha ayollar tomonidan dunyoga keltirilgan farzandlar sonini aks ettiradi.

Kiritildi: 16:34 13.11.2026. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik