O‘zbekistonda "Barça Academy" futbol akademiyasini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. Sport vaziri Adham Ikromov va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov "FC Barcelona" klubi vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonda bolalar futboli rivojini ta’minlash, zamonaviy metodologiyani joriy etish va iqtidorli yosh futbolchilarni saralash maqsadida ushbu xalqaro akademiyani ochish masalasi muhokama qilindi.
Yakunda tomonlar loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish imkoniyatlarini birgalikda o‘rganish va hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.