Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Braziliyalik afsonaviy futbolchi Roberto Karlos musulmon bo‘lgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Braziliyalik afsonaviy futbolchi Roberto Karlos musulmon bo‘lgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Braziliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Roberto Karlos marokashlik Suxayla at-Tohiriyga uylanganidan so‘ng islom dinini qabul qilgani haqida tarqalgan xabarlarga ilk bor munosabat bildirdi.

Avvalroq Turkiya OAV 53 yoshli braziliyalik San-Pauluda shayx Jihod Hamada bilan uchrashuv vaqtida go‘yoki shahodat kalimasini aytgani va shu tariqa islomni qabul qilgani haqida xabar tarqatgan edi. Bu ma’lumotlar turkiyalik deputat Ali Shohinning shayx so‘zlariga tayanib qilgan bayonotidan so‘ng keng tarqaldi.

Biroq Roberto Karlos mazkur xabarlarni rad etdi.

"Men islom dinini chuqur hurmat qilaman. Turmush o‘rtog‘imning ibodat qilayotganini ko‘rishdan xursandman, ammo mening islomni qabul qilganim haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", — dedi sobiq futbolchi Okaz nashriga.

Karlos, shuningdek, to‘y marosimida turli an’analar inobatga olinganini tushuntirdi. Uning oila a’zolarining katolik an’analari, shuningdek, rafiqasi va uning do‘stlarining diniy e’tiqodlariga mos ravishda alohida marosimlar o‘tkazilgan.

Kiritildi: 22:31 19.08.2026. O'qildi: 1884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!