Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Deyarli xatosiz paslar: Husanovning «Bornmut»ga qarshi statistikasi

Deyarli xatosiz paslar: Husanovning «Bornmut»ga qarshi statistikasi

Abduqodir Husanov Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini ishonchli o‘tkazdi. O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi «Manchester Siti»ning «Bornmut»ga qarshi 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasida to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Husanov to‘p bilan ishlashda yuqori ko‘rsatkich qayd etdi. U uchrashuv davomida 90 ta uzatmani amalga oshirib, ularning 87 tasini jamoadoshlariga aniq yetkazdi. Bu 97 foizlik aniqlik demakdir.

O‘zbekistonlik futbolchi himoyada ham faol ko‘rindi. U 5 ta himoyaviy harakatni muvaffaqiyatli bajardi. Ikki marta tashlanib to‘pni olib qo‘yishga uringan Husanov har ikki holatda ham maqsadiga erishdi. Shuningdek, u ikki bor raqib hujumini bartaraf etdi va bir marta xavfli vaziyatni tozaladi.

Yakkakurashlarda ham Husanov yaxshi natija ko‘rsatdi. Yerdagi ikki duelning har ikkisida g‘olib chiqqan himoyachi havodagi ikki kurashdan bittasini o‘z foydasiga hal qildi. Bundan tashqari, u 6 marta to‘pni qayta egallab oldi.

Sofascore portali Abduqodir Husanovning «Bornmut»ga qarshi harakatlarini 7,0 ball bilan baholadi.

Deyarli xatosiz paslar: Husanovning «Bornmut»ga qarshi statistikasi

Kiritildi: 23:53 23.08.2026. O'qildi: 858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!