WBA yo‘nalishi bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasida jahon chempioni Rolando Romero Teofimo Lopes bilan bo‘lajak titul jangi uchun do‘stlikni ham unutishga tayyorligini aytdi.
«100 million dollar evaziga hatto o‘z otamning ham yuziga uraman. Buni hoziroq qilgan bo‘lardim! Gong chalinishi bilanoq do‘stligimizni unutaman», — deydi Romero.
Romero va Lopes o‘rtasidagi yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempionlik kamari uchun jang 22 avgustdan 23 avgustga o‘tar kechasi AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. Har ikki bokschi ring tashqarisida do‘st bo‘lgan, ularning faoliyati parallel ravishda rivojlangan va ular bir-biri bilan sparring mashg‘ulotlari ham o‘tkazgan.