22 avgust kuni Ukraina kuchlari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi "Eysk" neft yuklash majmuasidagi yoqilg‘i-moylash materiallari omborlariga zarba berdi.
Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi e’lon qildi.
Zarbadan so‘ng, ob’ektda yong‘in sodir bo‘ldi. Yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
"Eysk" neft yuklash majmuasi Azov dengizining Taganrog ko‘rfazida joylashgan Yeysk dengiz porti infratuzilmasining bir qismidir. Ob’ekt neft mahsulotlarini qabul qiladi, saqlaydi va jo‘natadi.
Portning yuk terminallari yiliga taxminan 6,8 million tonna yukni qayta ishlaydi, ulardan 1 million tonnadan ortig‘i neft mahsulotlarini o‘z ichiga olgan suyuq quyma yuklardir.