Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mbappe Krishtianu Ronalduning 2018 yilgi noxush natijasini takrorladi

Mbappe Krishtianu Ronalduning 2018 yilgi noxush natijasini takrorladi

Kilian Mbappe Madridning «Real» klubi «Espanyol»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan La Liga 1-tur uchrashuvida gol ura olmadi.

Fransiyalik hujumchi raqib darvozasi tomon o‘nta zarba berdi. Ulardan uchtasi nishonga aniq borgan bo‘lsa-da, Mbappe o‘z nomini tabloga yozdira olmadi.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe 2018 yildan buyon La Liganing bitta uchrashuvida kamida o‘nta zarba berib, gol ura olmagan birinchi «Real» futbolchisi bo‘ldi.

Madrid klubi safida bunday natijani qayd etgan so‘nggi futbolchi Krishtianu Ronaldu edi. Portugaliyalik hujumchi 2018 yildayoq «Real»ni tark etgan.

Joze Mourinyo jamoasiga g‘alaba keltirgan golni 90-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Karlos Espi kiritdi. Uchrashuvdagi birinchi golga esa 9-daqiqada Jud Bellingem mualliflik qildi.

Kiritildi: Bugun 12:24. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!