Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroil va Turkiya o‘rtasida maxfiy aloqa kanallari mavjudligi ma’lum bo‘ldi

Isroil va Turkiya o‘rtasida maxfiy aloqa kanallari mavjudligi ma’lum bo‘ldi

Isroil va Turkiya Suriyadagi harbiy harakatlar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarning oldini olish maqsadida maxfiy aloqa kanallarini ishga solgan. Bu haqda Isroilning «Kan» davlat teleradiokompaniyasi o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil Turkiyaning Suriya hududidagi harbiy faoliyati bo‘yicha aniq chegaralarni belgilab olgan. Xususan, Turkiya tomonidan Suriyada havo hujumidan mudofaa tizimlari, dronlar va raketalarning joylashtirilishi Isroil uchun «qizil chiziq» hisoblanadi. Maxfiy kanallar orqali tomonlar ushbu masalalarda to‘qnashuvlarning oldini olishni maqsad qilgan.


Kiritildi: 17:42 23.08.2026. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!