Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Ukraina hujumlari urushdagi vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartira olmadi

Ukraina hujumlari urushdagi vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartira olmadi


Vladimir Putin “Vesti” axborot xizmati muxbiri Pavel Zarubinga bergan intervyusida Ukraina qo‘shinlarining Rossiyaga hujumlari urushdagi vaziyatni o‘zgartirmaganini aytdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Rossiya bunga javoban Ukrainadagi harbiy zavodlarga, jumladan Kiyevdagi korxonalarga zarbalarni kuchaytirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujumlar Ukraina armiyasining texnika va o‘q-dori yetkazib berishi hamda qo‘shinlarni almashtirishini qiyinlashtirgan.

Putin Ukraina hujumlari iqtisodiy zarar yetkazishi mumkinligini, ammo Kiyevga harbiy ustunlik bermaganini bildirdi.

Shuningdek, u “Yagona Rossiya” partiyasi va boshqa parlament partiyalarini mamlakatni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Kiritildi: 22:08 23.08.2026. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!