Majburiy ijro byurosining Urganch tumani bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan navbatdagi insoniy va mas’uliyatli ijro hujjati ta’minlanib, ona va farzandlar o‘rtasidagi ayriliqqa chek qo‘yildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 18.08.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan javobgar A.M.ning tarbiyasida bo‘lgan voyaga yetmagan ikki nafar farzandini onasi YU.Z.ning tarbiyasiga olib berish belgilangan.
Sud qaroridan norozi bo‘lgan qarzdor ota davlat ijrochisi tomonidan bolalarni onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lsada, farzandlarini topshirishni istamay, ularni odamlar ko‘zidan yiroq joylarga yashirib qo‘ydi.
Biroq, boshqarmaning Qidiruv sho‘’basi xodimlari bo‘lim davlat ijrochisi U.Bekchanov bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruv va ijro harakatlari natijasida javobgar A.M. tomonidan qishloqdagi yaqin qarindoshining uyiga yashirilgan 10 yoshdagi qizaloq va chekka hududdagi chorva fermasida saqlanayotgan 7 yoshli bolajon topilib, o‘z onasining bag‘riga qaytarildi.