O‘zbekistonda turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab Milliy turizm yagona platformasi sinov tariqasida, 2025 yil 1 dekabrdan esa to‘liq ishga tushiriladi.
Ushbu platforma quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
Platforma ma’lumotlarining 14 ta xorijiy tilga tarjimasi ta’minlab boriladi. Transport vazirligi bilan birgalikda “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, Uzbekistan Airways va boshqa yo‘lovchi tashish lisenziyasiga ega tashkilotlarning elektron chiptalarini xarid qilish tizimlari integrasiya qilinadi.