Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask Britaniya harbiy-dengiz kuchlarini Rossiya harbiy-dengiz kuchlari bilan taqqoslab, ularning ustidan kuldi.
U X ijtimoiy tarmog‘ida bloger Mario Naufalning Britaniya va Rossiya flotiliyalarini taqqoslagan postiga shunday munosabat bildirdi: "Maqtovga sazovor Britaniya dengiz flotiga nima bo‘ldi?"
Naufalning Responsible Statecraft nashriga tayanib yozishicha, Moskva 2011 yildan boshlab zamonaviy raketalar bilan jihozlangan 27 ta suv osti kemasi, oltita fregat, to‘qqizta korvet va 16 ta raketa katerini qurgan.
Xuddi shu davrda London to‘rtta kemani, shu jumladan bitta aviatashuvchini "dunyo bo‘ylab sayohat"ga jo‘natdi va o‘z suvlarini himoya qilish uchun faqat to‘qqizta kemani qoldirdi.